O‘zbekiston | 11:32 / 11.08.2024
2807
2 daqiqa o‘qiladi

Koreyaga ishga jo‘natishini aytib fuqaroning pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Ayol kishi Telegram orqali boshqa ism bilan jabrlanuvchi bilan muloqot qilgan va uni Janubiy Koreyaga yuborishini aytib, pullarini o‘zlashtirgan.

Sirdaryo viloyatida yashovchi ayol Samarqand shahrida yashovchi shaxsni Koreyaga ishga jo‘natishini aytib pullarini o‘zlashtirgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyatida yashovchi X.M. IIBga ariza bilan murojaat qilib, 92 mln so‘m pullarini noma’lum shaxs firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Sirdaryo viloyatida yashovchi ayol K.I. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan ayol K.I., jabrlanuvchi X.M.ga Telegram orqali yozib, o‘zini Iroda deb tanishtirgan.

So‘ng Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishda yordam qilishini aytib, uni aldab, oldindan 139 mln so‘m pullarni o‘tkazib olgan va o‘zining ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan K.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid