Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrikada insoniyat tarixidagi ikkinchi eng katta olmos topildi
Yangi olmos Botsvanada maxsus rentgen texnologiyasidan foydalangan holda topildi.
Lucara Diamond konchilik kompaniyasi Botsvanadagi (Afrika) Karove konida og‘irligi 2492 karat (498,4 gramm) bo‘lgan olmos topilganini e’lon qildi.
Hali o‘z nomini olmagan qimmatbaho tosh shu paytgacha topilganlar orasida ikkinchi va hozir mavjud bo‘lganlar orasida eng kattasi bo‘ladi.

Bundan kattaroq olmos - 3106,75 karat yoki 621,35 gramm - 1905 yilda Janubiy Afrikada topilgan mashhur «Kullinan» edi. Ammo bu tosh yuzdan ortiq bo‘laklarga bo‘lindi. Uning eng katta bo‘lagi - «Afrika Buyuk Yulduzi» olmosining og‘irligi 530,2 karat bo‘lib, Britaniya qiroli Edvard VII tayoqchasini bezatadi.
Yangi olmos Mega Diamond Recovery X-ray Transmission maxsus rentgen texnologiyasidan foydalangan holda topildi, bu katta qimmatbaho toshlarni aniqlash va butun bo‘lak holida qazib olish imkonini beradi. Kompaniya uni 2017 yilda yirik, qimmatbaho olmoslarni aniqlash va saqlash uchun o‘rnatgan.
Mavzuga oid
23:35 / 14.05.2025
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda
16:51 / 04.04.2025
Rossiya tarixidagi eng katta olmos - «Yangi Quyosh» sayqallandi
23:39 / 20.03.2025
Afrikadan hozirda yo‘qolib ketgan sayyoraga tegishli meteorit topildi
20:43 / 09.03.2025