Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram Janubiy Koreya rasmiylari talabini bajardi va uzr so‘radi
Platforma dipfeyk shahvoniy videolar tarqatilishiga qarshi birgalikda kurashishga tayyorligini ma’lum qildi.
Telegram platformasi Janubiy Koreya rasmiylaridan uzr so‘radi va shahvoniy mazmundagi dipfeyk videolarni o‘chirib tashlash talabini bajardi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.
Telegram Sharqiy Osiyodagi filiali vakili Koreya Aloqa Standartlari Komissiyasiga (KCSC) elektron xat yubordi va talablarga ko‘ra o‘z platformasidan 25 ta shahvoniy materialni olib tashlaganini tasdiqladi.
«Biz soxta jinsiy ekspluatatsiya kontentining tarqalishi muammosini hal qilish va raqamli jinsiy kontentni yo‘q qilish uchun ishonch telefonini tashkil etish orqali (Telegram) bilan hamkorlikni kuchaytirmoqchimiz», dedi KCSC.
Telegram, shuningdek, ushbu masala bo‘yicha tushunmovchilik uchun uzr so‘radi va kelgusida nazorat organi bilan bog‘lanish uchun elektron pochta manzilini taqdim etdi.
Avvalroq, Janubiy Koreya politsiyasi Telegram platformasini jinsiy jinoyatlarga ko‘maklashish va ularni rag‘batlantirishda ayblab, tergov boshlagan edi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 26 avgustdan 29 avgustgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida dipfeyk video bilan bog‘liq 88 ta holat ro‘yxatga olingan. Tekshiruvlar natijasida 24 nafar gumondor shaxs aniqlangan.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
18:29 / 23.05.2025