O‘zbekiston diplomatlari Koreya jazoni o‘tash muassasasidagi vatandoshlar holidan xabar oldi
Markazda vatandoshlarni saqlash, ularning tibbiy va boshqa zarur yordamlarni olishi, shuningdek, yaqin qarindoshlari bilan telefon muloqotlarini tashkil etish shartlariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Janubi Koreyaning Chongvon shahrida joylashgan jazoni o‘tash muassasasida bo‘lib, bu yerda ushlab turilgan vatandoshlar holidan xabar olishdi.
Mazkur muassasa vakolatli xodimlari bilan suhbat jarayonida bu yerda saqlanayotgan vatandoshlar muammolarini tezkorlik bilan hal etish maqsadida elchixona va ijro etish muassasasi o‘rtasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.
Markazda vatandoshlarni saqlash, ularning tibbiy va boshqa zarur yordamlarni olishi, shuningdek, yaqin qarindoshlari bilan telefon muloqotlarini tashkil etish shartlariga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
14:20 / 15.10.2024
Yerni noqonuniy egallab olish bo‘yicha qo‘llangan jazo choralari aytildi
11:10 / 10.10.2024
Fuqaroni Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
14:20 / 07.10.2024