Jamiyat | 07:30 / 09.09.2024
17763
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda yer silkinishi sodir bo‘ldi
9 sentabr kuni tongda Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 balli yer silkinishi qayd etildi. Uning kuchi poytaxtning qator tumanlarida ham sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 9 sentabr kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 05:45 da zilzila sodir bo‘ldi.
Episentr: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani. Zilzila koordinatalari: 41,33 gradus shimoliy kenglik; 69,38 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=3,6. Chuqurlik 5 km. Zilzila episentri Toshkentdan 10 km shimoliy-sharqda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 ball, 2 km;
- Mirobod tumanida 2 ball, 5 km;
- Shayxontohur tumanida 2 ball, 6 km;
- Yashnobod tumanida 2 ball, 6 km;
- Olmazor tumanida 2 ball, 7 km;
- Yakkasaroy tumanida 2 ball, 7 km;
- Chilonzor tumanida 2 ball, 9 km.
Mavzuga oid
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024