O‘zbekiston va Hindiston Afg‘onistondagi tinchlik jarayoniga ko‘maklashish masalasini muhokama qildi
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Hindistonning NatStrat strategiya va xavfsizlik sohasidagi tadqiqotlar bo‘yicha mustaqil notijorat markazi maslahatchisi Shantanu Mukerji bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida mintaqaviy xavfsizlik masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha mumkin bo‘lgan birgalikdagi harakatlar muhokama qilindi.
Hindiston tomoniga O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlari, shuningdek, ushbu mamlakatda amalga oshirilayotgan transport-kommunikatsiya loyihalari haqida ma’lumot berildi.
Shantanu Mukerji O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatish, uning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklashdagi faol ishtirokini alohida qayd etdi.
Mavzuga oid
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
01:33 / 14.09.2024
Rossiya Modining talabidan keyin 45 nafar Hindiston fuqarosini armiya safidan bo‘shatdi
19:07 / 13.09.2024