Jamiyat | 07:50 / 11.09.2024
2269
1 daqiqa o‘qiladi

426 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan savdo do‘koni aniqlandi

Namangan shahrida tadbirkor o‘ziga qarashli savdo do‘konidagi elektr qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, jami 426,3 mln so‘mlik 157,9 ming kVt/soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan.

Foto: Bosh prokuratura

Respublika va hududiy shtablar tomonidan energiya resurslarni talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. 

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Namangan shahrining Zarbdor mahallasi hududida yakka tartibdagi tadbirkor o‘ziga qarashli savdo do‘konidagi elektr qurilmalarini tijorat maqsadida hisobga olish uskunasidan tashqari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, jami 426,3 mln so‘mlik 157,9 ming kVt/soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan.

Mazkur holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.matbuot xizmati xabar berdi.

Mavzuga oid