Krasnoyarskda mahalliy bozorlarda reyd o‘tkazilib, 520 migrant qo‘lga olindi
Qo‘lga olinganlar orasida O‘zbekiston, Ozarboyjon, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari borligi ta’kidlanmoqda.
Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida xavfsizlik kuchlari mahalliy bozorlarda reyd o‘tkazdi, natijada 520 kishi, jumladan, 417 nafar xorijlik qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov qo‘mitasining Krasnoyarsk o‘lkasi va Xakasiya Respublikasi bo‘yicha departamenti xabar berdi.
Hibsga olinganlarning «jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish» uchun og‘iz bo‘shlig‘idan surma olingan. Qo‘lga olinganlar orasida O‘zbekiston, Ozarboyjon, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham borligi ta’kidlanmoqda. Aytilishicha, ular Rossiyada «migratsiya qonunchiligini buzgan holda» bo‘lgan. Ushbu shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish masalasi qo‘zg‘atilib, kamida 7 nafar shaxsga nisbatan deportatsiya qilish masalasi hal qilinmoqda.
Shu bilan birga, noqonuniy migratsiyani tashkil etish, chet el fuqarolarini soxta ro‘yxatga olish, shuningdek, qalbaki hujjatlardan foydalanish belgilarini o‘z ichiga olgan 50 ta ish ochilgan. Migratsiya sohasidagi 24 ta ma’muriy huquqbuzarlik aniqlangan.
Shuningdek, reyd davomida «Rossiya fuqaroligini olgan, ammo harbiy xizmatga o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tmagan 92 nafar fuqaro aniqlangan». Xavfsizlik xizmati xodimlari ularga harbiy bo‘limlarning chaqiruv qog‘ozini topshirgan.
Rossiyadagi Ichki ishlar vazirligi va boshqa idoralar muntazam ravishda migrantlar ishlayotgan yoki yashaydigan joylarda reydlar o‘tkazmoqda. Shu yo‘l bilan Rossiya fuqaroligini olgan, ammo harbiy qo‘mitada ro‘yxatdan o‘tmaganlarni topishga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzgan migrantlar ommaviy deportatsiya qilinmoqda.
Mavzuga oid
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
20:12 / 22.11.2024