Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda hamshiralar uchun Germaniya tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi
Loyihada Germaniyaga ishga borishni istagan hamshiralar kasb va tilga maqsadli o‘qitiladi.
Toshkentda «Hamshiralar uchun Germaniya tibbiyot akademiyasi» tashkil etiladi, deb xabar berdi Bandlik vazirligi.
Qayd qilinishicha, shu vaqtgacha Germaniyada tibbiyot sohasida ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar ushbu davlatga borgach, 6-8 oy vaqtini moslashish uchun sarflagan. Yangi loyihaga ko‘ra bunday bo‘lmaydi va O‘zbekistonning o‘zida kasb va tilga maqsadli o‘qitiladi. Bu haqda Samarqandda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Germaniyaining Globogate Concept AG konserni o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasida belgilab qo‘yildi.
«Davolash bo‘yicha Yevropadagi ikkinchi yirik Universitet klinikasi Aahen bilan birgalikda Toshkentdagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi 1-Respublika tibbiyot texnikumi bazasida nemis tibbiy-ta’lim dasturlari asosida «Hamshiralar uchun Germaniya tibbiyot akademiyasi» tashkil qilinadi. Bir yil davomida kasb va til o‘rgatiladi. Muhimi, ular diplom olish bilan bir qatorda Germaniyada ishlash huquqini beruvchi kasbiy sertifikatni ham qo‘lga kiritadi», dedi Globogate Concept AG konserni bosh direktori Sang Vu Pay.
Shartnomada hamshiralarning huquqlari ikki davlat qonunlari bilan himoya qilinishi belgilab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025