Jahon | 00:48 / 26.09.2024
2910
2 daqiqa o‘qiladi

Google Yevrokomissiyaga Microsoftʼning raqobatga zid bulutli amaliyoti ustidan shikoyat kiritdi

Google kompaniyasi Microsoftʼni Windows dasturiy ta’minotidan foydalanib, mijozlarni o‘zining Azure bulutli platformasiga bog‘lab qo‘yishda ayblamoqda.

Foto: Reuters

Google Microsoft korporatsiyasini monopoliyada ayblab, Yevropa komissiyasiga uning ustidan shikoyat kiritdi, deb xabar beradi Reuters.

Google kompaniyasi Microsoftʼni Windows dasturiy ta’minotidan foydalanib, mijozlarni o‘zining Azure bulutli platformasiga bog‘lab qo‘yish va ularni boshqa muqobil variantga oson o‘tish imkoniyatidan mahrum qilganlikda ayblamoqda.

Google ma’lumotlariga ko‘ra, uchinchi tomon bulut xizmatlaridan foydalanish Microsoft tomonidan «jiddiy sanksiyalar» qo‘llanilishiga olib keladi. Raqobatchining insofsiz usullari tanlovning torayishi va narxlarning oshishiga olib kelgan. Shikoyatda keltirishicha, Azure’da Windows uchun dasturiy ta’minotni ko‘chirish uchun deyarli mablag‘ to‘lanmasa, raqobatchilarga o‘tish uchun «Windowsʼning yangi server litsenziyalarini xarid qilishga 400 foizli ustama to‘lash kerak bo‘ladi».

Google, shuningdek, Microsoft o‘zlarining Windows-ilovalarini boshqa «bulutga» ko‘chirayotgan mijozlar uchun foydalanuvchi tajribasini yomonlashtirayotganidan xavotirda va uni moliyaviy sanksiyalarni Azure’ning asosiy raqobatchilari — Amazon Web Services (AWS), Google Cloud Platform va Alibaba Cloud’ga qo‘llanilayotganida ayblamoqda.

«Microsoftʼning raqobatga qarshi amaliyotlari YeI iqtisodiyoti uchun milliardlab dollarga tushadi, uning kiberxavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va innovatsiyani cheklaydi», — deb yozadi Googleʼning bulutli servislar bo‘yicha vitse-prezidenti Amit Zaveri.

Google Yevropa komissiyasidan Microsoftʼni boshqa bulutli servislardan foydalanishga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashga majburlashini xohlamoqda. «Men bu litsenziyalar uchun pul to‘lagan ekanman ulardan istagan joyimda foydalana olish imkoniyatim bo‘lishi kerak», — deya ta’kidlaydi Zaveri.

Mavzuga oid