«Selxoz» hududida yirik yong‘in ro‘y berdi
Toshkent viloyati Qibray tumani hududida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti binolarida yirik yong‘in ro‘y berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda yong‘in bir necha binoni to‘liq qamrab olgani aks etgan. FVV matbuot xizmati yong‘in yuzasidan dastlabki ma’lumotni berdi.
«Bugun, 30 sentabr kuni soat 20:10 da Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:17 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in bartaraf etilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan», deyiladi xabarda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagani aytilgan.
UPD. FVVning qo‘shimcha axborotiga ko‘ra, yong‘in soat 21:36 da qurshab olingan va bartaraf etish ishlari davom etmoqda.
Yong‘inni bartaraf etishga barcha zarur kuch-vositalar jalb etilgan, deyiladi vazirlik xabarida.