Iqtisodiyot | 22:55 / 02.10.2024
1497
1 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha Butunjahon konferensiyasida ishtirok etdi

U anjumanni ijod va innovatsiya kuchiga ishongan har bir inson uchun «muhim voqea» deb atadi.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva

2 oktyabr kuni Toshkent shahrida Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon konferensiyasi boshlandi. Unda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.

«Bugun Toshkent shahrida ijod va innovatsiya kuchiga ishongan har bir inson uchun muhim voqea — Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon konferensiyasi boshlandi. 80 dan ortiq mamlakatdan 2000 dan ziyod ishtirokchi kreativ sohalar kelajagini muhokama qilish, tajriba almashish va hamkorlik bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratish uchun bir joyga jam bo‘ldi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva bu haqda.

Anjuman 4 oktyabrgacha davom etadi. Uning yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda 2030 yilgacha kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi hamda uni 2025–2026 yillarda amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi loyihasi ishlab chiqiladi.

Mavzuga oid