O‘zbekiston | 22:35 / 16.10.2024
6100
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatiga mingta yangi avtobus xarid qilinadi

Viloyatning barcha shahar va tumanlaridan Nurafshon shahri va Toshkentga yangi qatnov yo‘nalishlari ishga tushiriladi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev transport sohasidagi xizmatlarni yaxshilash bo‘yicha topshiriq berdi.

Qayd qilinishicha, buning uchun 1 mingta yangi avtobus xarid qilinadi.

Transport boshqarmasi aholining fikrini o‘rgangan holda, barcha shahar va tumanlardan viloyat ma’muriy markazi Nurafshon shahri va poytaxtga yangi qatnov yo‘nalishlarini ishga tushiradi.

Ta’kidlanishicha, tashkil etilayotgan jamoat transport yo‘nalishlarining markazida Nurafshon shahri turishi lozimligi alohida qayd etilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid