Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya Jizzaxda chiqindilarni qayta ishlash zavodi quradi
Janubiy Koreya korporatsiyasi O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash zavodi qurishni rejalashtirmoqda.
Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, 7−11 oktyabr kunlari ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Iskandar Qutbiddinov Seul shahrida bo‘lib, bir qancha kompaniyalar bilan chiqindilarni qayta ishlash sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Shuningdek, chiqindilarni yoqish orqali “yashil” energiya oladigan korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Koreya Eksport-import banki vakillari bilan muzokaralar olib bordi.
Bundan tashqari, Iskandar Qutbiddinov Koreya Atrof-muhit vazirligi huzuridagi Koreya atrof-muhit korporatsiyasi (K-eco) raisi B.An bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va ekologik xavfsizlik borasida tajriba almashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Yakunda Jizzax viloyatida barqaror chiqindilarni qayta ishlash zavodini qurish bo‘yicha umumiy qiymati 6,2 million dollarga teng bo‘lgan 4 yillik grant loyiha bitim imzolandi.
Loyiha doirasida poligonni rekultivatsiya qilish, 300 ming kub metr chiqindini bir joyga to‘plash, tuproq bilan qoplash hamda chiqindixona gazini yig‘ish va piroliz usuli orqali yoqish, elektr energiya ishlab chiqarish uskunalarini (elektrogenerator) o‘rnatish belgilangan.
Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda
09:27 / 15.05.2025