O‘zbekiston | 14:50 / 17.10.2024
739
1 daqiqa o‘qiladi

London O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayonida qatnashishga qiziqyapti

O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan London shahrida Buyuk Britaniyaning ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi.

Foto: "Dunyo" AA

Unda Chartered Institute for Securities and Investment, WOOD&Co., Euroyen Group, Amber Konsult, Fieldfisher, Caspian Policy Center va Kulturalis kabi Buyuk Britaniyaning yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida respublikada qayta tiklanadigan energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, elektrotexnika, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati va ta’lim sohalarida aniq investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

Ishtirokchilar so‘nggi yillarda O‘zbekistonda investitsiyaviy muhit sezilarli darajada yaxshilanganligi, xalqaro kompaniyalarning mamlakatimizda biznes yuritishga qiziqishi ortib borayotganini ta’kidladilar. Shu munosabat bilan, ular moliya-bank, ta’lim, atrof-muhitni himoya qilish, yirik davlat kompaniyalarning xususiylashtirish jarayonida qatnashishga qiziqishini bildirishdi.

Mavzuga oid