Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMW avtomobillari yangi ko‘rinishda ishlab chiqariladi
Elektromobillar va ichki yonuv dvigatellari bilan jihozlangan avtomobillar turli proporsiya va interiyer dizayni detallariga ega bo‘lsa-da, umumiy ko‘rinishi bir xil qoladi.
Germaniyaning BMW avtokonserni modellari kelajakda Neue Klasse deb ataladigan ko‘rinishda ishlab chiqariladi. Bu haqda BMW bosh dizayneri Adrian van Hooydonk so‘zlariga tayanib Carscoops xabar berdi.
Bosh konstruktor so‘zlariga ko‘ra, elektromobillar va ichki yonuv dvigatellari bilan jihozlangan avtomobillar turli proporsiya va interiyer dizayni detallariga ega bo‘ladi, biroq umumiy ko‘rinishi bir xil qoladi.
Yangi uslubni aks ettiruvchi birinchi model kelasi yili bozorga chiqadigan elektr krossover bo‘ladi. Shundan keyin dunyo yangi sedanni ko‘radi.
Adrian van Hooydonk inqilobiy Panoramic Vision proyeksiya displeyini eslatdi, bu keyingi avlod BMW modellarining asosiy xususiyatlaridan biri bo‘ladi.
Boshqa xususiyatlar orasida noodatiy shakldagi markaziy displey, futuristik boshqaruv elementlari va «yashil» materiallar mavjud. Yechimlarni yangi mahsulotlarning rasmiy taqdimotidan keyin baholash mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:53 / 29.04.2025
Toshkentda BMW mototsikli ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
20:59 / 26.03.2025
Alibaba va BMW birgalikda Xitoydagi avtomobillar uchun sun’iy intellekt ishlab chiqadi
12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi
10:38 / 24.02.2025