O‘zbekiston | 16:54 / 26.10.2024
12890
1 daqiqa o‘qiladi
Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Bobojonov Surxondaryo viloyati prokurori etib tayinlandi.
Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan, adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Bekovich Bobojonov Surxondaryo viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Bobojonov tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Kuni kecha Bosh prokuraturadagi yana bir boshqarma boshlig‘i Murodullo Abduhakimov Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan edi.
Mavzuga oid
17:41 / 30.10.2024
Surxondaryoda isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlanadi
19:37 / 25.09.2024
Sho‘rchi tumani hokimi o‘zgardi
17:09 / 24.09.2024
“Hamma fermer imzo qo‘yib berishi kerak” - paxta yetishtiruvchilar narxni tushirishga majburlanmoqda
14:28 / 18.09.2024