Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda Turkiy davlatlar tashkilotining XI sammiti bo‘lib o‘tadi
Sammitda tashkilotga a’zo bo‘lgan beshta davlat, jumladan, O‘zbekiston rahbari ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) navbatdagi XI sammiti 6 noyabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda «Turk dunyosini mustahkamlash: iqtisodiy integratsiya, barqaror rivojlanish, raqamli kelajak va barcha uchun xavfsizlik» mavzusida bo‘lib o‘tadi.
Sammitda tashkilotga a’zo bo‘lgan beshta davlat: Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rahbarlari, shuningdek, TDT kuzatuvchi-mamlakatlari rahbarlari ishtirok etadi.
Davlat rahbarlari TDT doirasidagi ko‘ptomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi, tashkilotning joriy kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, shuningdek, bir qator ko‘p tomonlama hujjatlarni, jumladan, yakuniy deklaratsiyani imzolaydi.
2025 yilda Turkiy davlatlar tashkilotiga raislik Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tadi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
16:21 / 22.05.2025
«Yaqin orada Shimoliy Kiprning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan kunlarni ham ko‘ramiz» – Erdo‘g‘an
17:07 / 21.05.2025