O‘zbekiston | 22:26 / 05.11.2024
1470
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston prezidentining Xitoy xalqaro import ko‘rgazmasida ishtirok etishi kutilmoqda

5-9 noyabr kunlari Shanxayda Xitoy xalqaro import ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda bir qator davlatlar yetakchilari ishtirok etadi.

Foto: Getty Images

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu haftada ochiladigan Xitoy xalqaro import ko‘rgazmasida ishtirok etadi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga tayanib Reuters xabar berdi.

Xitoy TIV ma’lumotlariga ko‘ra, 5-9 noyabr kunlari Shanxayda bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmada Malayziya, O‘zbekiston, Slovakiya, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston va Serbiya yetakchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, 2018 yilda Xitoy raisi Si Jinping tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma bu yil dunyoning ikkinchi yirik iqtisodiyoti global savdo to‘siqlari va ichki muammolar ortib borayotgan bir paytda Xitoyning ochiqlik va islohotlar siyosatini namoyish qilish imkoniyatini beradi.

Mavzuga oid