Iqtisodiyot | 12:10 / 13.11.2024
5760
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston uy-joy bozorida faollik darajasi pasaydi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan iqtisodiy faollik darajasini baholash va prognoz qilish uchun respublikada uy-joy bozoridagi faollik darajasi tahlil qilindi.

Foto: Kun.uz

2024 yilning III choragida O‘zbekiston uy-joy bozorida faollik darajasi pasaydi. Xususan, iyul-sentabr oylarida ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar oldi-sotdisi uchun 41 861 ta shartnoma rasmiylashtirilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davridagiga nisbatan 3362 taga (7,4 foizga) kam. 

Tahlillar tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari va aholi tasarrufidagi daromadlar uy-joy bozoriga ta’sir etuvchi muhim omillar ekanligini ko‘rsatdi.

2021 yilning yanvar oyidan 2024 yilning sentabr oyigacha bo‘lgan davrda uy-joy oldi-sotdisi va aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi o‘rtasida (korrelyatsiya koeffitsiyenti = 0,81), shuningdek, uy-joy oldi-sotdisi va aholining tasarrufdagi daromadlari o‘rtasida (korrelyatsiya koeffitsiyenti = 0,48) sezilarli bog‘liqlik mavjudligi aniqlandi.

Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning III choragida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 4,84 trln so‘mni tashkil etgan. Mazkur ko‘rsatkich 2023 yilning mos davridagiga nisbatan 7,3 foiz kam.

Mavzuga oid