Jahon | 11:26
2216
3 daqiqa o‘qiladi

Ishinger Ukraina haqida: G‘arbda ikki tomonlama standartlar muammosi bor

G‘arb Global janubdan Ukraina bo‘yicha o‘z pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashni talab qilib, nega Yaqin Sharqda janubning fikri inobatga olinmayapti degan savolga duch kelmoqda, dedi MSC sobiq rahbari Volfgang Ishinger DW nashriga bergan intervyusida. 

Volfgang Ishinger Foto: Richard Walker/DW

G‘arbning Ukrainadagi urush va Yaqin Sharqdagi mojaro kabi global inqirozlarga munosabati G‘arb olamida va umuman demokratik G‘arbda ishonch muammosini keltirib chiqaradi. Bu fikrni Myunxen xavfsizlik konferensiyasi (MSC) sobiq rahbari, Germaniyaning AQShdagi sobiq elchisi Volfgang Ishinger 20 noyabr, chorshanba kuni Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan G20 sammiti yakunlari bo‘yicha DW nashri bilan suhbatida bildirdi.

«Agar biz Rossiyaga va uning Ukrainaga qarshi shafqatsiz, tajovuzkor urushiga qarshi kurashishda Global janub davlatlaridan haqli ravishda yordam talab qilishimiz kerak va mumkin deb hisoblasak, unda biz Global janub vakillarining savollariga javob berishda muammolarga duch kelyapmiz: «Xo‘p, Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida gap ketganda bizning fikrimizni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligingiz haqida nima deysiz?» - dedi Ishinger.

«Men ikki tomonlama standartlar deganda shuni nazarda tutyapman. Bu muammo va u tezda yo‘qolmaydi. Bu G‘arb olamiga, umuman demokratik G‘arbga bo‘lgan ishonch muammosi», deb tushuntirdi u.

MSC sobiq rahbari 2025 yilda Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlar tugashiga umid qilishini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

YeI davlatlari AQSh yordami qisqarsa ham Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga tayyor

Yevropa Ittifoqining eng yirik iqtisodiyotlari – Germaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniya, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan Buyuk Britaniya AQShning Kiyevni qo‘llab-quvvatlashi qisqarishi ehtimoli fonida Ukrainaga yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq harbiy va moliyaviy yukni o‘z zimmasiga olishga tayyor. Bu haqda 19 noyabr kuni Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy Varshavada yuqoridagi davlatlar tashqi ishlar vazirlari, YeI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili lavozimida Jozep Borrelni almashtirishi kerak bo‘lgan estoniyalik Kaya Kallas ishtirokidagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi. 

«Men Yevropa Ittifoqining eng yirik davlatlari AQShning ishtiroki qisqarishi (Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda) munosabati bilan Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam yukini o‘z zimmasiga olishga tayyorligini hurmat bilan e’tiborga olaman», — deya AFP Polsha tashqi ishlar vazirligi rahbaridan iqtibos keltirmoqda.

Germaniya, Fransiya, Italiya va Polsha tashqi ishlar vazirlarining Varshavadagi uchrashuvi Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli harbiy bostirib kirishi boshlangani 1000 kunligiga to‘g‘ri keldi. Ushbu tadbirdagi muhim mavzu Donald Tramp Oq uyga qaytganidan keyin Yevropa Ittifoqi va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar rivoji ham bo‘ldi. Muhokamalarga Ispaniya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari onlayn tarzda qo‘shildi.

Mavzuga oid