Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Farg‘ona shahrida joylashgan solidol va litol ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Farg‘ona shahrida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 21 dekabr kuni soat 14:13 da Farg‘ona shahar «Mustaqillik» MFY, Kimyogar ko‘chasida joylashgan solidol va litol ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotgani yuzasidan xabar kelib tushgan.
Qutqaruvchilar hodisa joyiga soat 14:21 da yetib borgan va yong‘in soat 14:24 da o‘rab olinib, 14:32 da batamom o‘chirilgan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqishi sababi va zarari aniqlanmoqda.
Yong‘in oqibatida bir kishi voqea joyida halok bo‘lgan.
Avvalroq, Farg‘ona shahri markazidagi benzin va gaz quyish shoxobchasida ro‘y bergan portlash va yong‘in oqibatida bir necha kishi vafot etgan, holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan edi.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025