Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AZAL halokati: tergovning dastlabki natijalari 30 kun ichida e’lon qilinadi
Azerbaijan Airlines halokati bo‘yicha tergovning dastlabki natijalari 30 kun ichida ommaga e’lon qilinadi, deb xabar qildi Qozog‘iston transport vazirligi. Hozirda samolyot bo‘laklari yig‘ilmoqda, xorijlik mutaxassislar Oqtovga yetib kelishgan.
25 dekabr kuni Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida ro‘y bergan Azerbaijan Airlines (AZAL) samolyoti halokati bo‘yicha tergovning dastlabki natijalari 30 kun ichida e’lon qilinadi. Bu haqda 31 dekabr, seshanba kuni Qozog‘iston transport vaziri o‘rinbosari Talgat Lastayev ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bunday davr «umuman olganda, standartlarga muvofiq».
Lastayevning aytishicha, hozirda tergovning dala bosqichi davom etmoqda — halokat joyida qulagan samolyotning bo‘laklari va boshqa ashyoviy dalillar yig‘ilmoqda. Barcha ashyoviy dalillar Oqtov aeroportidagi maxsus angarda to‘planadi, mutaxassislar u yerda tahlil qiladi.
Qozog‘iston Transport vazirligi, shuningdek, Oqtovga xorijiy ekspertlar, jumladan, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO), aviahalokatlarni tekshirish va oldini olish markazi (CENIPA) xodimlari kelgani haqida xabar berdi. Embraer samolyotini ishlab chiqaruvchi davlat - Braziliyaga halokatga uchragan samolyotning qora qutilari mutaxassislar tomonidan ekspertiza uchun yuborildi.
Qozog‘iston AZAL samolyotining qora qutilarini Braziliyaga jo‘natdi
Azerbaijan Airlines samolyotining Oqtov yaqinida qulashi sabablarini o‘rganuvchi komissiya Braziliyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda 30 dekabr kuni Qozog‘iston Transport vazirligining Telegramʼdagi sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, qora qutilar Braziliyaning Aviatsiya hodisalarini tekshirish va oldini olish markazi (CENIPA)ga yetkaziladi.
Embraer Braziliya kompaniyasining samolyotidan olingan parvoz yozuvlari ma’lumotlarni olish uchun Janubiy Amerika davlatiga yuborildi, deb xabar qildi Reuters Braziliya harbiy-havo kuchlari bayonotiga tayanib.
Bortda ovoz yozish moslamasi va parvoz ma’lumotlarini yozish moslamasidan olingan ma’lumotlar Braziliya aviatadqiqotchilarining laboratoriyasida qayta ishlanadi va bu jarayon Qozog‘iston, Rossiya va Ozarboyjon vakillari tomonidan nazorat qilinadi. Braziliya harbiy-havo kuchlariga ko‘ra, yozuvlar 31 dekabr kuni yetkaziladi.
Mavzuga oid
15:23 / 29.03.2025
“Gold terapi” ishi: Xayrulla Qosimov va boshqalar ustidan tergov boshlandi
07:31 / 18.03.2025
Qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
17:17 / 19.02.2025
AZAL samolyoti halokati bo‘yicha yakuniy hisobot yil oxirigacha e’lon qilinadi
22:34 / 06.02.2025