Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada boshpana uchun so‘rovlar soni 30 foizga kamaydi
2024 yilda Germaniya rasmiylariga boshpana so‘rab 230 mingga yaqin ariza tushgan bo‘lsa, bir yil avval – 329 mingta, deb yozadi WamS. Ichki ishlar vazirligi yaqin kunlarda rasmiy statistikani taqdim etadi.
2024 yilda Germaniyada boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni 30 foizga qisqarib, 230 mingga yaqinni tashkil qildi. Bu haqda 3 yanvar, juma kuni Welt am Sonntag (WamS) gazetasi hukumat doiralaridagi suhbatdoshlariga tayanib yozdi.
Bir yil avval Germaniya rasmiylariga 329 mingta shunday ariza kelib tushgan. Germaniya Ichki ishlar vazirligi yaqin kunlarda yakuniy statistikani taqdim etadi.
Germaniyada eng ko‘p boshpana so‘rovlari kuzatilgan yillar
Germaniya tarixida boshpana so‘rab murojaat qilishning yillik soni hozirgi darajadan bor-yo‘g‘i olti marta oshgan: 1991-1993 yillardagi Yugoslaviya urushlari paytida, 2015-2016 yillardagi migratsiya inqirozining eng yuqori cho‘qqisida va 2023 yilda, deya qayd etadi nashr.
Ishdan ketayotgan federal hukumat bir necha oy davomida boshpana izlovchilar oqimini kamaytirishdagi muvaffaqiyatini e’lon qildi, ammo maqsad sifatida faqat 2023 yildan foydalandi. Shu bilan birga, «svetofor koalitsiyasi» hokimiyatda bo‘lgan birinchi to‘liq yil bo‘lgan 2022 yilda boshpana so‘rovlari soni 2021 yilga nisbatan 47 foizga oshdi, deya tushuntiradi WamS. 2023 yilda bu ko‘rsatkich bir yil avvalgiga nisbatan 51 foizga oshgan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025