Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada tug‘ilish ko‘rsatkichi to‘qqiz yil ichida birinchi marta o‘sdi
Mamlakat shaharlari orasida tug‘ilishning eng past koeffitsienti Seulda qayd etilgan. O‘tgan yilgi o‘sish qisman pandemiyadan keyin qurilgan oilalar sonining oshgani bilan bog‘liq.
Janubiy Koreyada 2024 yilda tug‘ilish koeffitsiyenti (bir nafar ayolga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha bolalar prognozi) 0,75 gacha ko‘tarildi — o‘tgan yili ushbu ko‘rsatkich 0,72 ni tashkil etgandi.
Tug‘ilishning o‘sishi to‘qqiz yil ichida birinchi marta qayd etilmoqda, ammo ko‘rsatkich dunyoda eng pastligicha qolyapti. Financila Times’ning yozishicha, aholi sonining barqarorligini ta’minlash uchun 2,1 darajadagi koeffitsiyent talab etiladi.
O‘tgan yilgi o‘sish qisman pandemiyadan keyin qurilgan oilalar sonining oshgani bilan bog‘liq. 2024 yilda mamlakatda turmush qurishlar soni 14,9 foizga oshib, 2019 yildan beri maksimal ko‘rsatkichga chiqqan — 222 ming 422 ta.
«Ijtimoiy qadriyatlar o‘zgardi, turmush qurish va farzand ko‘rish haqidagi qarashlar yaxshilandi», — deydi mamlakat statistika idorasi vakili Pak Xyon Jun.
Uning ta’kidlashicha, har bir omil yangi tug‘ilgan chaqaloqlar sonining ko‘payishiga qanchalik hissa qo‘shganini baholash qiyin, lekin ular ham bir-biriga ta’sir qilgan.
Mamlakat shaharlari orasida tug‘ilishning eng past koeffitsiyenti Seulda qayd etilgan — 0,58. Poytaxtda 51 million aholiga ega Janubiy Koreyaning qariyb 20 foizi istiqomat qiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich Sejonda — 1,03. Ushbu shaharda aksariyat hukumat muassasalari joylashgan.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
19:30 / 25.05.2025
Rossiyalik oligarx mamlakatda pensiyani bekor qilish taklifi bilan chiqdi
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025