Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatining 7 ta shahriga 170 ta avtobus xarid qilinadi
Shuningdek, avtotransportlarni dispetcherlik markaziga integratsiya qilish hamda shahar avtobus yo‘nalishlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent viloyatining 7 ta shahrida 21 ta yo‘nalish uchun 170 ta avtobus xarid qilish belgilandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, avtobuslarni xarid qilish uchun tadbirkorlar tanlov asosida aniqlab olingan. Avtobuslar yaqin kunlarda keltirilib, foydalanishga topshiriladi.
Ta’kidlanishicha, zamonaviy avtobuslarda yo‘lovchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida, jamoat transportida avtomatlashtirilgan elektron to‘lov tizimi tatbiq etish ko‘zda tutilgan.
Xabarga ko‘ra, joriy yilda jamoat transporti yetib bormagan hududlarni qamrab olgan holda 12 ta yangi yo‘nalish tashkil etiladi. Shuningdek, avtotransportlarni dispetcherlik markaziga integratsiya qilish hamda shahar avtobus yo‘nalishlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025