Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikkita muhofaza etiladigan hududning qo‘riqlanma zonalari belgilandi
Ekologiya vazirligi tasarrufidagi «Chotqol» davlat biosfera qo‘riqxonasiga tutash 32 859,89 gektar hamda «Oqtog‘-Tomdi» davlat qo‘riqxonasiga tutash 28 500 gektar hududda ularning qo‘riqlanma zonalari belgilandi.
Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 5 martdagi 142-sonli qaroriga ko‘ra, Namangan viloyatidagi Pop ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligi (766,53 gektar), Toshkent viloyatidagi Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligi (8101,85 gektar), Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligi (23 991,51 gektar) hududlari «Chotqol» davlat biosfera qo‘riqxonasining qo‘riqlanma zonasiga kiritildi.
«Oqtog‘-Tomdi» davlat qo‘riqxonasining qo‘riqlanma zonasi esa Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi Tomdi davlat o‘rmon xo‘jaligi (6200 gektar) va Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi (22 300 gektar) hududidan iborat bo‘ldi.
Bu qaror davlat qo‘riqxonalari hududidagi tabiiy majmualarga xo‘jalik faoliyati salbiy ta’sirining oldini olish, noyob hamda yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvonlar turlarini saqlab qolish hamda ko‘paytirish, bioxilma-xillikni asrashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
11:18 / 08.05.2024
"Ipak yo‘li" erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi tashkil etildi
09:50 / 25.03.2024
Toshkentda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi
07:52 / 15.11.2022
Har bir viloyatda 100 tadan korxona uchun yirik maxsus iqtisodiy zona tashkil etiladi
11:21 / 27.10.2022