O‘zbekiston | 11:34
1324
1 daqiqa o‘qiladi

Hududlarda aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi ma’lum qilindi

Aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Navoiy va Xorazm viloyatlarida, eng past ko‘rsatkich esa Andijon va Surxondaryo viloyatlarida qayd etilgan. 

Foto: Kun.uz

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi har bir aholiga umumiy yashash maydonidan o‘rtacha 18,9 kvadrat metrni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davriga nisbatan 0,4 kvadrat metrga ko‘p.

Hududlar kesimida aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi:

  • Navoiy viloyati – 27,4 kvadrat metr;
  • Xorazm viloyati – 24,1 kvadrat metr;
  • Toshkent shahri – 22,9 kvadrat metr;
  • Toshkent viloyati – 22 kvadrat metr;
  • Farg‘ona viloyati – 20,1 kvadrat metr;
  • Samarqand viloyati – 20 kvadrat metr;
  • Sirdaryo viloyati – 19,8 kvadrat metr;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 17,6 kvadrat metr;
  • Jizzax viloyati – 17,4 kvadrat metr; 
  • Buxoro viloyati – 17,2 kvadrat metr;
  • Namangan viloyati – 16,6 kvadrat metr;
  • Qashqadaryo viloyati – 16,4 kvadrat metr;
  • Andijon viloyati – 15,8 kvadrat metr;
  • Surxondaryo viloyati – 13,4 kvadrat metr.

Mavzuga oid