O‘zbekiston | 12:42
20425
4 daqiqa o‘qiladi

Ikkilamchi avtomobil bozori: Lacetti, Cobalt, Spark va Onix narxi arzonlashdi

Fevral oyida ikkilamchi bozorda mahalliy ommabop avtomobillar: Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas narxi arzonlashdi. Shuningdek, qator BYD va KIA modellari narxlarida ham pasayish kuzatilgan.

Foto: Kun.uz

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning fevral oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlarining o‘zgarishi tahlil qilindi.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxi

  • Joriy yilning fevral oyida mahalliy ommabop avtomobillarning o‘rtacha narxi pasaygan. Xususan:
  • Onix: o‘rtacha foydalanilgani 3 foizga (13 500 dollardan 13 100 dollarga), kam foydalanilgani 0,1 foizga (14 865 dollardan 14 850 dollarga); 
  • Lacetti: ko‘p foydalanilgani 0,3 foizga (13 500 dollardan 13 461 dollarga);
  • Cobalt: o‘rtacha foydalanilgani 2,4 foizga (12 300 dollardan 12 000 dollarga), kam foydalanilgani 1,2 foizga (12 750 dollardan 12 600 dollarga), ko‘p foydalanilgani 0,5 foizga (11 600 dollardan 11 538 dollarga);
  • Nexia: o‘rtacha foydalanilgani 1,9 foizga (11 500 dollardan 11 284 dollarga); ko‘p foydalanilgani 0,9 foizga (10 800 foizdan 10 700 foizga);
  • Spark: o‘rtacha foydalanilgani 1 foizga (10 500 dollardan 10 400 dollarga), ko‘p foydalanilgani 0,9 foizga (9 600 dollardan 9 500 dollarga);
  • Damas: o‘rtacha foydalanilgani 3,6 foizga (7 985 dollardan 7 000 dollarga), kam foydalanilgani 0,8 foizga (8 061 dollardan 8 000 dollarga) arzonlashgan.

Mahalliy lyuks avtomobillar narxi

  • Equinox: ko‘p foydalanilgani 1,1 foizga (27 300 dollardan 27 000 dollarga) arzonlagan bo‘lsa, o‘rtacha foydalanilgani 3,2 foizga (31 000 dollardan 32 000 dollarga) qimmatlashgan;
  • Malibu: kam foydalanilgani 0,7 foizga (31 907 dollardan 31 682 dollarga) arzonlashgan bo‘lsa, o‘rtacha foydalanilganining narxi deyarli o‘zgarishsiz (29 000 dollardan 29 070 dollarga) qolgan;
  • Tracker: ko‘p foydalanilgani 1,1 foizga (16 984 dollardan 16 800 dollarga) tushgan bo‘lsa, kam va o‘rtacha foydalanilgani narxlarida o‘zgarish kuzatilmagan.

BYD elektromobillari narxi

  • Mazkur davrda BYD E2 narx jihatidan mahalliy ommabop avtomobillarga jiddiy raqobatchiga aylangan bo‘lsa, yangi BYD Song Plus avtomobilining narxi sezilarli arzonlagan. 
  • BYD E2: yangisi 1,8 foizga (16 800 dollardan 16 500 dollarga), ko‘p foydalanilgani 2 foizga (14 800 dollardan 14 500 dollarga);
  • BYD Han: yangisi 0,5 foizga (32 150 dollardan 32 000 dollarga), o‘rtacha foydalanilgani 4,4 foizga (36 500 dollardan 34 900 dollarga);
  • BYD Song Plus DM-i Champion: yangisi 1,7 foizga (29 000 dollardan 28 500 dollarga), o‘rtacha foydalanilgani 0,2 foizga (27 050 dollardan 27 000 dollarga), ko‘p foydalanilgani 0,6 foizga (24 650 dollardan 24 500 dollarga);
  • BYD Song Plus EV Champion: yangisi 1,1 foizga (28 000 dollardan 27 700 dollarga);
  • BYD Yuan Up: yangisi 1,4 foizga (20 800 dollardan 20 514 dollarga) arzonlagan.

KIA avtomobillari narxi

  • KIA Sorento: o‘rtacha foydalanilgani 1,3 foizga (40 000 dollardan 39 500 dollarga) arzonlagan bo‘lsa, ko‘p foydalanilgani 1,3 foizga (40 000 dollardan 39 500 dollarga) qimmatlashgan;
  • KIA Sportage: o‘rtacha foydalanilgani 2,3 foizga (31 590 dollardan 30 850 dollarga), ko‘p foydalanilgani 4,6 foizga (29 733 dollardan 28 363 dollarga) arzonlagan.
  • KIA K5: o‘rtacha foydalanilgani 1,3 foizga (27 549 dollardan 27 200 dollarga), ko‘p foydalanilgani 1,9 foizga (26 500 dollardan 26 000 dollarga) tushgan.

Avtomobillar bosib o‘tgan masofasi hamda ishlab chiqarilgan yiliga ko‘ra, quyidagi guruhlarga ajratib olingan:

  • «Kam foydalanilgan» - 2024 yilda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 20 000 kmgacha bo‘lgan avtomobillar hamda 2025 yilda ishlab chiqarilgan barcha avtomobillar;
  • «O‘rtacha foydalanilgan» - 2024 yilda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 20 000 kmdan 50 000 kmgacha bo‘lgan avtomobillar, shuningdek, 2022-2023 yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 40 000 kmgacha bo‘lgan avtomobillar;
  • «Ko‘p foydalanilgan» - 2024 yilda ishlab chiqarilgan va bosib o‘tgan masofasi 50 000 kmdan ko‘p bo‘lgan avtomobillar, 2022-2023 yillarda ishlab chiqarilgan hamda 40 000 kmdan ortiq masofani bosib o‘tgan avtomobillar hamda 2021 yilda ishlab chiqarilgan barcha avtomobillar.

Narxlarni tahlil qilishda ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping orqali to‘plangan. Bunda ishlab chiqarilgan yili 2021 yildan yuqori bo‘lgan avtomobillarning yanvar oyi uchun 20,2 mingta, fevral oyi uchun 18,5 mingta ma’lumotidan foydalanilgan.

Mavzuga oid