Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
«Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi» birinchi sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan 3, 4 va 5 aprel kunlari Samarqand shahriga kirish cheklanadi.
Samarqandda o‘tkaziladigan «Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi» birinchi sammiti munosabati bilan shaharga kirish yo‘llari vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 3, 4 va 5 aprel kunlari viloyat hududidan tranzit o‘tuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etiladi. Haydovchilar uchun maxsus flayerlar ishlab chiqilgan bo‘lib, uni QR-kod yordamida mobil ilova orqali ham ko‘rish mumkin.

Ushbu xaritaga quyidagi havola orqali kirish mumkin.
«Hurmatli haydovchilar, belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy amal qilishingizni so‘rab qolamiz», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, boshqarma mazkur kunlarda Samarqand shahriga tashrif rejalashtiriganlardan imkon qadar boshqa kunlarga qoldirishlarini so‘radi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
17:07 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Ukraina mojarosini diplomatiya va muzokaralar yo‘li bilan hal etishga chaqirdi
18:43 / 16.05.2025