Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
Polshada boks bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi yakunlandi, unda o‘zbekistonlik sportchilar 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medal qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi Polshada yakunlangan Jahon kubogining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi. Sportchilar 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Oltin medallarni qo‘lga kiritganlar:
- Mirazizbek Mirzaxalilov (-55 kg)
- Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-65 kg)
- Fazliddin Erkinboyev (-75 kg)
- Javohir Ummataliyev (-80 kg)
- Akmaljon Isroilov (-85 kg)
- Jahongir Zokirov (+90 kg).
-57 kg vazn toifasida Xumorabonu Mamajonova kumush, -60 kg vazn toifasida Samandar Olimov va -70 kg vazn toifasida G‘ofurjon Tohirov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Braziliyada o‘tgan birinchi bosqichda terma jamoa 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Mavzuga oid
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi
12:16 / 04.04.2025