O‘zbekiston | 08:10
2294
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

Yong‘in haydovchi va boshqa fuqarolar tomonidan birlamchi o‘t o‘chirish vositasi hamda suv yordamida o‘chirilgan.

Foto: Videodan kadr

Joriy yilning 23 may kuni soat 19:57 da Toshkent shahar, Uchtepa tumani Beshqayrag‘och  ko‘chasida Nissan rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Toshkent shahar FVB xabariga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga 20:00 da yetib borganida, haydovchi va boshqa fuqarolar tomonidan birlamchi o‘t o‘chirish vositasi hamda suv yordamida yong‘in o‘chirilganligi ma’lum bo‘lgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mavzuga oid