Jamiyat | 20:01 / 02.05.2016
6456
1 daqiqa o‘qiladi

17 yil avval izsiz yo‘qolgan alpinistlar jasadi Himolaydan topildi

Himolaydan 17 yil avval yo‘qolgan alpinistlar Aleks Love va Devid Bridjyesning jasadi topildi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Erkaklarning jasadini Shishabangma cho‘qqisiga ko‘tarilgan ikki alpinist aniqlagan. Jasadlarni olib tushishning imkonini qila olishmagach, ularni fotosuratlarini olishdi. Pastga tushishgach esa, halok bo‘lgan alpinist Aleksning rafiqasi Jyennifer Love-Ankerga qo‘ng‘iroq qilishdi.

“Ular yelkasini bir-birlariga tiragancha yotishgan. O‘sha davrlarda ko‘k-qizil ryukzak va alpinistlarning sariq poyafzalini kiyishardi. Bundan tashqari, o‘sha paytda ulardan boshqa hech kim u cho‘qqiga ko‘tarilmagan edi”, — dedi Anker.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid