Sport | 20:21 / 03.05.2016
6458
1 daqiqa o‘qiladi

Chempionlikni nishonlash chog‘ida Vardi o‘z qiyofadoshini uchratib qoldi

"Lester" jamoasi futbolchilari chempionlikni nishonlashayotganida jamoa hujumchisi Jyeymi Vardi bilan qiziq vaziyat yuzaga keldi.

The Sun xabariga ko‘ra, jamoa avtobusiga Vardiga quyib qo‘ygandek o‘xshovchi qiyofadoshi kirib kelgan. Ma'lum bo‘lishicha u Lesterda yashovchi 29 yoshli pochtalon Li Chempen hisoblanadi.

Ushbu yigit ham "tulkilar" jamoasi muxlisi bo‘lib, Vardi u bilan bajonidil suratga tushgan. Bu surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid