Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung ekranda sodir bo‘layotgan hodisaga qarab buriluvchi televizorlar ishlab chiqaradi
Amerikaning savdo markalari va patentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish byurosi Samsung kompaniyasining patent uchun arizasini chop etdi. Arizada o‘yin jarayonlarini ko‘proq qamrab olishga mo‘ljallangan televizorni ishlab chiqarish qayd etilgan. Hujjatda televizor ekrandagi tezlik va obekt harakatining yo‘nalishini boshqarishga qodirligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ekran film yoki o‘yindan yaxshiroq taassurot olish uchun o‘z egriligini o‘zgartira oladi. Bunday texnologiyalarga poygali videoo‘yinlar eng yaxshi misol bo‘la oladi.

Masalan, o‘yin chog‘ida avtomobil o‘z joyida tursa yoki sekin harakatlanishni boshlasa, ekran tekis turaveradi, biroq displey yon tomonlarga burilganida, ko‘proq tezlanish va harakat hissini beradi. Mashina qayrilganida ekranning o‘sha tomoni ham egiladi va tasvir dinamikasini yanada kuchliroq ko‘rsatish imkonini beradi.

Yuqoridagi ta'riflardan kelib chiqqan holda Samsung televizorni o‘yin ishqibozlari uchun maxsus ishlab chiqarishni rejalashtirganini taxmin qilish mumkin.
Mavzuga oid
19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi
17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda
20:08 / 25.03.2025
Hindiston Samsungʼdan 601 mln dollarlik soliq qarzini to‘lashni talab qildi
21:15 / 03.03.2025