Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzaniyada geliyning yirik zaxirasiga ega kon topildi
Britaniya va norvegiyalik olimlar Tanzaniyaning Viktoriya ko‘li yaqinida olib borgan tadqiqotlari natijasida, bu yerda geliy gazining ulkan zaxirasi borligini aniqlashdi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, uning miqdori 1,5 mlrd kub metrni tashkil etadi, deb xabar qilinmoqda Science Alert portalida.
«Topilgan geliy koni jahon bo‘ylab bir yilda ishlatiladigan gaz miqdoridan 7 marta ko‘p zaxiraga ega», — deb izoh berishgan tadqiqotchilar. Ma'lumotlarga ko‘ra, bir yilda dunyoning barcha mamlakatlari taxminan 220 mln kub metr geliy gazini ishlatadi.
Mutaxassislarning fikricha, Tanzaniya yaqin orada ushbu gazni yetkazib beruvchi yetakchi davlatga aylanishi mumkin. Olimlarning o‘zlari, geliyning boshqa konlarini qidirish ishlarini boshlab yuborishgan.
Geliy gazidan metallurgiya, oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari, suv osti kemalarining yadro reaktorlarida ham geliydan foydalaniladi.
Foto:Thomas Abraham-James
Mavzuga oid
21:29 / 23.03.2025
Tanzaniyada ulkan daraxtlarning yangi turi aniqlandi
23:21 / 09.09.2024
Tanzaniyada o‘g‘irlab ketilgan muxolifat vakili o‘lik holda topildi. Uning yuziga kislota sepilgan
01:03 / 02.11.2023
Germaniya prezidenti Tanzaniyada nemis mustamlakachilarining vahshiyliklari uchun kechirim so‘radi
22:21 / 06.11.2022