Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzaniyada o‘g‘irlab ketilgan muxolifat vakili o‘lik holda topildi. Uning yuziga kislota sepilgan
Mamlakat prezidenti «shafqatsizlarcha qotillikni» qoralab, mas’ullarni tergov o‘tkazishga chaqirdi. Dafn marosimiga kelgan yuzlab odamlar yig‘ilganlarga hamdardlik bildirishga uringan Tanzaniya ichki ishlar vazirining iste’fosini talab qildi.
Tanzaniya prezidenti Samiya Suluxu mamlakatdagi Chadema muxolifat partiyasining yuqori martabali a’zosini shafqatsizlarcha o‘ldirib ketilganini qoraladi.
Qayd etilishicha, 6 sentabr kuni Tanga shahriga ketayotgan avtobus ichidan 69 yoshli Muhammad Ali Kibao xavfsizlik xizmati agentlari ekani aytilayotgan shaxslar tomonidan tushirib qolingan.
Partiya raisi Frimen Mbovening AFP agentligiga ma’lum qilishicha, tekshiruv davomida Kibao «qattiq kaltaklanib, yuziga kislota sepib yuborilgani» aniqlangan. Uning o‘limi muxolifat va inson huquqlari guruhlarining siyosiy faolikka qo‘yilayotgan cheklovlar xavotiri fonida ro‘y berdi.
Prezident Samiya «shafqatsizlarcha qotillikni» qoralab, tergov o‘tkazishga chaqirdi. «Tergov organlariga imkon qadar tezroq menga ushbu dashhatli hodisa bo‘yicha batafsil ma’lumot berishlarini buyurdim. Biz demokratik mamlakatda yashayapmiz va har bir fuqaromiz yashash huquqiga ega», — deb yozadi u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga.
Kibaoning dafn marosimiga kelgan yuzlab odamlar yig‘ilganlarga hamdardlik bildirishga uringan Tanzaniya ichki ishlar vaziri Hamad Masaunining iste’fosini talab qilgan. «Qani hukumat? Odamlarni o‘g‘irlashmoq va hech qanday chora ko‘rilmayapti. Vazir Masauniga iste’fo, iste’fo, iste’fo», — deb baqirishgan ular.
Marhum Kibao harbiy razvedkaning sobiq ofitseri bo‘lib, Chadema partiyasiga 2008 yilda qo‘shilgan. Uning o‘ldirilishi butun mamlakat bo‘ylab turli muhokamalarni yuzaga keltirdi: aholining aksariyati hukumatdan odam o‘g‘irlish holati bo‘yicha chora ko‘rishni talab qilmoqda.
Mavzuga oid
21:29 / 23.03.2025
Tanzaniyada ulkan daraxtlarning yangi turi aniqlandi
10:41 / 13.01.2025
Parlamentda muxolifat huquqlariga oid qonun loyihasi ishlab chiqiladi
08:43 / 05.12.2024
Gurjistonda muxolifat yetakchilari qo‘lga olinmoqda
20:18 / 04.12.2024