Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston savdo flotining safi 2020-yilgacha kengayadi
Qozog‘iston savdo floti safi 2020 yilgacha 20ta yangi kema bilan kengayadi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi "Qozog‘iston temir yo‘li" milliy kompaniyasi prezidenti Askar Mamin ma'lumotiga tayangan holda.
"Qozog‘iston savdo floti uchun 2020 yilgacha 20ta kema quriladi", -degan Mamin bir palubali, quruq yuk tashishga mo‘ljallangan RSD 49 rusumli, daryo-dengiz aralash turidagi kemani suvga tushirish tantanali marosimida qilgan chiqishida.
KTZ Express Shipping kompaniyasining yirik miqdordagi buyurtmasini Neva kemasozlik va ta'mirlash zavodi amalga oshirmoqda.
Maminning so‘zlariga ko‘ra, yangi avlod savdo flotini barpo etish "Qozog‘istonni Osiyo tranzit markaziga aylantirish dasturi doirasida amalga oshirilmoqda".
"Ipak yo‘li" turidagi kemalar konteynerlar, qurilish va boshqa yuklarni Kaspiy dengizidagi Oqtou portidan O‘rta yer, Qora, Shimoliy va Boltiq dengizlarga yetkaza oladi.
Ushbu loyihadagi yana ikkita kema yil oxirigacha buyurtmachiga topshiriladi.
Mavzuga oid
13:22 / 07.05.2025
OAV: YeK Rossiyaning «soyadagi floti»ga qarshi yangi sanksiyalar taklif qiladi
12:42 / 08.03.2025
Rossiyaning «soyadagi» floti operatorining sof foydasi ikki baravar kamaydi
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025