Jahon | 08:16 / 18.07.2016
18764
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp: IShIDni Klinton yaratgan
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod va AQShning sobiq Davlat kotibi Hillari Klintonning siyosati IShID terrorchilik guruhining paydo bo‘lishiga olib keldi, deb aytdi boshqa bir nomzod, milliarder Donald Tramp. Bu haqda Orlando Sentinel nashri xabar bermoqda.
"Xillari Klinton o‘zining befahmlarcha siyosati bilan IShIDni yaratdi. U IShID uchun javobgar. U Barak Obamani boshqarib turgan, chunki menimcha, Obama hech narsani bilmagan. Fikrimcha, Obama Klintonga tayangan", deb aytdi Tramp.
Tramp prezident bo‘lib saylangandan keyin IShID ustidan g‘alaba qozonishi uchun biroz quruqlikdagi qo‘shin va "aqlbovar qilmas" razvedka talab qilinishini aytdi.
Mavzuga oid
15:11 / 05.10.2024
“O‘zbekiston DXX Rossiyaga IShID a’zolarini tutishga yordam bergan” - Bortnikov
20:19 / 28.09.2024
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqdagi missiyasini 2025 yilda yakunlaydi
23:13 / 20.08.2024
Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa Ilon Maskka Oq uydan lavozim taklif qiladi
20:54 / 11.08.2024