Sport | 10:49 / 21.07.2016
5039
2 daqiqa o‘qiladi

WBA: Kovalev Bremerga qarshi unvonini himoya qilishi shart

Foto: TASS

Butunjahon Boks Uyushmasi (WBA) uchta obro‘li tasniflar bo‘yicha 79,38 kggacha vazn toifasida jahon chempioni rossiyalik Sergey Kovalevni, nemis bokschisi Yurgen Bremerga qarshi ringga tushishi shartligidan ogohlantirgan. Bu haqda, WBAning rasmiy saytida ma'lum qilingan.

"WBA qoidasi, tashkilot prezidenti va chempionat qo‘mitasiga majburiy himoya davrini aniqlash huquqini taqdim etadi. Kovalevning "superchempion"lik maqomi 18-oylik majburiy himoyasiga bog‘liq edi. Uning bu davri 2016 yil 7 may kuni poyoniga yetdi. Shu boisdan ham, uning navbatdagi raqibi, rasmiy nomzod Yurgen Bremer bo‘lishi kerak", - deyiladi bayonotda. 

WBA qaroriga ko‘ra, ikki bokschi jamoalari 19 avgustgacha o‘zaro kelishib olishlari kerak. Agar promouterlar kelisha olmasa, savdolar boshlanadi. 

Umuman, 33-yoshli Kovalev professional ringda 30 marta g‘alaba qozongan (26 nokaut), bir bor durang va bir marta mag‘lubiyat alamini tortgan. Oktyabr oyida 38 yoshni qarshilovchi Bremer hisobida 48ta g‘alaba (35ta nokaut) va ikkita mag‘lubiyat bor.

Mavzuga oid