Jahon | 12:46 / 04.08.2016
6691
2 daqiqa o‘qiladi

Isroilda 14 yoshdan kichik o‘smirlarni ham jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat berildi

Isroil parlamenti, qotillik sodir etgan 14 yoshdan kichik bolalarni jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini qabul qildi. Bundan tashqari, mamlakat sudlari qotillikka uringan va boshqa og‘ir jinoyatlarni sodir etgan bolalarga hukm o‘qishi mumkin, deb xabar qilmoqda Knesset (Isroil parlamenti) matbuot xizmati. 

Ushbu tashabbus, falastinlik bolalarning ko‘psonli hujumlariga javoban qabul qilingan. O‘tgan yilning kuzidan beri falastinliklar xurujidan 40 nafarga yaqin isroillik halok bo‘lgan, yuzlab kishilar yaralangan. Hujum qilganlar orasida balog‘atga yetmagan bolalar ham borligi ko‘p bora qayd etilgan. 

"Qonun zaruriyat tufayli qabul qilindi. Biz terror to‘lqini bilan qarama-qarshidamiz. Va jamoatchilik o‘zini himoya qilishga haqli. Endilikda kim yuragiga pichoq sanchilganidan o‘ldirilsa, qotil 12 yoki 15 yoshmi farqi yo‘q... jinoiy jazoga tortiladi. Ehtimol bu qonun, o‘sha bolalardan jonli qurol sifatida foydalanish amaliyotiga barham berar", — degan qonun loyihasi muallifi, hukmron "Likud" partiyasi a'zosi Anat Berko.

Yangi qonunga ko‘ra, hakamlar 14 yoshga to‘lmagan jinoyatchilarga ham hukm o‘qiyveradi, ayblanuvchilar esa 14 yoshdan so‘ng, jazoni o‘tay boshlaydi. Bungacha, ular maxsus internatlarda saqlanadi. Qamoqxonaga o‘tkazishdan avval, yana bir sud majlisi o‘tkaziladi. Unda, belgilangan jazo chorasi bekor qilinishi, qisqartirilishi yoki ortga surilishi mumkin.

Mavzuga oid