Sport | 06:00 / 07.08.2016
19188
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016: O‘zbekistonlik bokschi raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham g‘alaba bilan boshlashdi. 

O‘zbekistonlik bokschilar orasida birinchi bo‘lib ringga ko‘tarilgan Xurshid Tojiboyev qatarlik Hoqon Eresker bilan kechgan bahsda raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 3:0 hisobida zafar quchib, nimchorak finalga chiqdi. 

Endi Xurshid Tojiboyev 9 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan nimchorak final bahsida britaniyalik Jozef Kordina bilan kuch sinashadi.

Mavzuga oid