Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonlik bokschi Levitga oltin medal uchun tayinlanadigan mukofot puli beriladigan bo‘ldi
Rio- de-Janeyroda o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlari finalida yutqizgan qozog‘istonlik bokschi o‘z mamlakatidan oltin medalga teng mukofot oladigan bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston boks federatsiyasi matbuot xizmati ma'lum qilgan.
Levit final bahsida rossiyalik bokschi Yevgeniy Tishchenko ga 0-3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
"Levit Olimpiada final bahsida ajoyib natija va g‘alab uchun o‘z irodasini namoyish etdi. U kumush medal sohibiga aylandi va 150 ming dollar miqdorida mukofotga ega bo‘ldi. Qozog‘iston boks federatsiyasi prezidenti Timur Kuliboyevning qarori bilan unga yana 100 ming dollar qo‘shib beriladigan bo‘ldi. Ikkalasini qo‘shganda Levit oltin medal uchun beriladigan mukofot qiymatiga ega bo‘ldi", - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025