Sport | 23:25 / 18.08.2016
37776
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016, boks. Bektemir Meliqo‘ziyev finalga chiqdi

Rio-2016 Olimpiadasining 75 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqada o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik Rodriges Misaelga qarshi ringga chiqdi.

O‘zbekistonlik bokschi 3 raundda (30:27, 29:28, 30:27) ham raqibidan ustun kelib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Finalda o‘zbekistonlik bokschi kubalik Arlen Lopesga qarshi ringga ko‘tariladi.

Bu jang 20 avgust kuni o‘tkaziladi.

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid