AQShda it yong‘in vaqtida go‘dakni saqlab qolish uchun o‘z jonini qurbon qildi

8 oyli go‘dak AQShning Baltimor shahrida chiqqan kuchli yong‘indan omon qoldi. Uni o‘z tanasi bilan to‘sgan Polo laqabli it saqlab qolgan.
CBS News telekanali ma'lumotiga ko‘ra, qizchaning onasi bo‘lmish Erika Poremski yong‘in boshlanganida uyga kira olmagan. Bunga uringanida qo‘lini kuydirib olgan.
U o‘t o‘chiruvchilarni chaqirgan va ularni kutishga majbur bo‘lgan.
Bola bu vaqtda uyning ikkinchi qavatida bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilar yetib kelib, u yotgan xonani ochib kirishganida Vivian Poloning ostida tirik holatda bo‘lgan. Jonivorning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Mavzuga oid

20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi

19:31 / 18.05.2025