Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu Yorkda Katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi tennis turniri boshlanadi
29-avgust kuni Nyu York shahrida tennis bo‘yicha AQSh ochiq chempionatiga start beriladi. Musobaqa ushbu mavsumdagi Katta Dubulg‘a turkumining to‘rtincha va so‘nggi bosqichi bo‘lib, 136-marta tashkil etilmoqda.
Tennis bahslari an'anaga ko‘ra, Billi Jin King nomidagi qattiq qoplamali kortlarda bo‘lib o‘tadi. Erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida serbiyalik Novak Jokovich yetakchi tennischi hisoblanadi. 2011- va 2015-yilda g‘oliblik nashidasini surgan Jokovich bu yil Katta dubulg‘a sovrindori bo‘la olmaydigan bo‘ldi. U, Londonning "Uimbldon" turnirida amerikalik Sem Kuerriga mag‘lub bo‘lgandi.
Ayollar o‘rtasidagi bahsda amerikalik Serena Uilyams birinchi raqamli tennischi hisoblanayapti. U, bu yerda olti marta g‘olib bo‘lgan. Biroq, Serena o‘tgan 2015-yil yarim finalida italiyalik Roberte Vinchiga imkoniyatni boy bergan edi. Mabodo, Uilyams bu yil g‘alaba qozona olsa, u nemis tennischisi Shteffi Grafni Katta Dubulg‘a sovrinlari bo‘yicha ortda qoldiradi. Hozirda ularning ikkisida ham 22tadan sovrin bor.
Diskvalifikatsiya tufayli rossiyalik Mariya Sharapova AQSh ochiq chempionatini o‘tkazib yuboradi.
Mazkur turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 46,3 mln dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
17:04 / 15.02.2025
Dunyoning birinchi raqamli raketkasi «atrofidagilarning beparvoligi» uchun diskvalifikatsiya qilindi
16:24 / 20.11.2024
Mashhur tennischi Rafael Nadal professional faoliyatini yakunladi
13:45 / 26.01.2024
Australian Open'da sensatsiya. Sinner Jokovichning Melburndagi 2195 kunlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi
19:16 / 03.11.2023