Amerikalik komik selfi tayoqchalar ishqibozlariga "hujum qildi"
Amerikalik komik Baddi Bolton o‘zining YouTube-kanalida yangi video taqdim etdi. Videotasmada u selfi tayoqchalari yordamida o‘zini suratga olayotgan sayyohlarning oldiga yugurib borib, gadjyetlarni tok qaychi bilan kesib tashlaydi.
To‘rt kun ichida 370 mingdan ortiq foydalanuvchi tomosha qilgan rolikda Boltonning kutilmagan "hujum"iga sayyohlarning turlicha munosabatda bo‘lishini ko‘rish mumkin - kimdir ketidan quvadi, kimdir esa lol qolgancha turaveradi, yana kimdir qochib qolishga ulgurmagan operatorga noroziligini izhor qiladi.
Rolikka nisbatan "yoqdi" tugmasini bosganlarga nisbatan "yoqmadi"ni bosganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Boltonning so‘zlariga ko‘ra, u va do‘stlari hech kimni xafa qilishni istashmagan. Ular shunchaki selfi tayoqchalarini zararli ijtimoiy odat, deb hisoblashadi va bunday insonlarning tashqaridan juda ahmoqona ko‘rinishini ta'kidlashadi.
Mavzuga oid
11:12 / 17.11.2024
2024 yil 10 oyda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
10:26 / 03.11.2024
O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
16:19 / 31.08.2024
Italiyada sayyohlar uchun kunlik soliq 25 yevrogacha oshirilishi mumkin
14:26 / 23.08.2024