Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq TAYI fakultetlari soni 4tadan 2taga kamaytirildi
Davlatimiz rahbarining 26 avgustdagi qaroriga muvofiq Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish institutida ikkita fakultet faoliyat olib boradigan bo‘ldi. Kadrlar tayyorlash bo‘yicha asosiy ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hujjatning 2-ilovasiga (ilova rus tilida) ko‘ra tasdiqlandi.
Qayta tashkil etilgan Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish institutida “Avtomobil yo‘llari va inshootlarini loyihalashtirish hamda qurish”, shu bilan birga “Avtomobil transporti va transport tizimi ekspluatatsiyasi” fakultetlari faoliyat yuritadi.
Ularda esa, o‘z navbatida beshtadan kafedra xizmat ko‘rsatadi.
“Avtomobil yo‘llari va inshootlarini loyihalashtirish hamda qurish” fakulteti - “Avtomobil yo‘llari va aerodromlarni loyihalashtirish”, “Avtomobil yo‘llari va aerodromlar qurilishi hamda ekspluatatsiyasi”, “Ko‘priklar, tunnellar, yerosti yo‘llari”, “Muhandislik geologiyasi va yo‘l-qurilish materiallari” hamda “Muhandislik pedagogikasi” kafedralariga taqsimlanadi.
“Avtomobil transporti va transport tizimi ekspluatatsiyasi” fakulteti esa - “Yo‘l-qurilish mashinalari hamda uskunalarini ekspluatatsiya qilish va ta'mirlash”, “Transport logistikasi”, “Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi”, “Transport boshqaruv axborot tizimlari”, “Yo‘l-transport tizimi iqtisodiyoti” kafedralarini o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
11:29 / 28.04.2025
Toshkentda fuqaroni tibbiyot institutiga o‘qishga kiritish evaziga 13 ming dollar olgan shaxs ushlandi
12:20 / 01.04.2025
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
14:10 / 27.02.2025
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining vazifalari belgilandi
08:45 / 07.08.2024