Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
“Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish va bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash hamda bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirish masalalarini ilmiy asoslangan holda o‘rganish uchun Bojxona qo‘mitasi tarkibida Tashqi iqtisodiy faoliyat ilmiy markazi tashkil etiladi.
2026 yil 1 yanvarga qadar Bojxona institutida quyidagi axborot tizimlari joriy etiladi:
▪️ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha “Ta’lim menejmenti” avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
▪️professor-o‘qituvchilar faoliyati samaradorligini reyting baholash bo‘yicha “Samaradorlikni baholash” moduli;
▪️bojxona organlari xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha “Malaka” avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
2025-2026 o‘quv yilidan:
🔸bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi;
🔸magistraturada to‘lov-kontrakt asosida ta’lim muddati ikki yil bo‘lgan sirtqi ta’lim shakli joriy etiladi.
2025 yil 1 iyuldan sug‘urta tashkilotlari bilan bojxona organlari axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilgan holda chegara orqali harakatlanayotgan avtotransport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda:
🔹bojxona postiga kirib kelgan avtotransport vositasi egasining fuqarolik javobgarligi to‘g‘risida sug‘urta polisini rasmiylashtirish bojxona organlari axborot tizimlari orqali amalga oshiriladi;
🔹Bojxona qo‘mitasining tegishli dasturlari Istiqbolli loyihalar milliy agentligining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilinadi;
🔹chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish fuqarolik javobgarligi to‘g‘risida sug‘urta polisi mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
11:29 / 28.04.2025
Toshkentda fuqaroni tibbiyot institutiga o‘qishga kiritish evaziga 13 ming dollar olgan shaxs ushlandi
12:05 / 10.04.2025
Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi o‘zgarmoqda
13:15 / 01.04.2025
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi
12:07 / 01.04.2025