Jahon | 23:53 / 08.09.2016
15524
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda aloqa operatorlari chorasizlikdan internet tezligini pasaytirmoqda

Qirg‘iziston aloqa operatorlari chorasizlikdan internet tezligini pasaytirmoqda. Bu haqda Aloqa operatorlari uyushmasi ijrochi direktori Nurbek Abaskanov ma'lum qildi.

Uning aytishicha, Qozog‘iston provayderlari xizmatlari uchun narxni 3 barobarga ko‘tarishgan. Qirg‘iziston kompaniyalari sarf-xarajatlarni optimallashtirishlari kerak. "Hech kim daromad haqida gapirmayapti, gap omon qolish haqida ketmoqda, chunki bu narxni keskin oshirishdir. Ba'zi kompaniyalar mijozlarga narxlarni oshirmaslik uchun internet tezligini pasaytirishga bormoqda", deb tushuntirdi Abaskanov.

Uning fikricha, Qirg‘iziston uchun yagona yo‘l Xitoy yo‘nalishida ishlash hisoblanadi. Hattoki trafikning yarmi Xitoydan kelsa ham, bu Qozog‘iston uchun ularsiz ham ishlash mumkinligiga ishora bo‘ladi.

Bazaviy tarif planlari avvalgidek qoldi, biroq internetga ulanish tezligi pasayib ketgan. Agar tezlik avval soniyasiga 10 megabitni tashqil qilgan bo‘lsa, hozirda 3 megabitni tashkil qilmoqda. 

 

Mavzuga oid